«forish tumani» tegli maqolalar


Forishda kuchli shamol hokimlik binosining tomini uchirib yuborishi oqibatida 6 ta mashina shikastlandi
10 yanvar 2024, 15:25

Forishda kuchli shamol hokimlik binosining tomini uchirib yuborishi oqibatida 6 ta mashina shikastlandi

Jizzax viloyatining Forish tumani hokimligi binosi tomi kuchli shamol sabab uchib ketdi. Tomning tunuka va taxtalari hokimiyat avtoturargohida turgan 6 ta avtomobil ustiga tushib, zararladi.

Jizzaxda seldan talofat ko‘rgan oilalarga uy-joy qurish boshlandi
25 may 2022, 16:00

Jizzaxda seldan talofat ko‘rgan oilalarga uy-joy qurish boshlandi

Jizzax viloyatining Forish tumanida seldan talofat ko‘rgan oilalar uchun yangi uy-joylar qurish ishlari boshlandi. Oilalar uchun yer maydonlari ajratilib, 20 ta zamonaviy uy-joylar bunyod etiladi. 100 ga yaqin uy-joylarda rekonstruksiya ishlari olib boriladi.

Jizzaxdagi sel qabristonning yarmini oqizib ketdi, yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi choralar ko‘rilmoqda
27 aprel 2022, 00:57

Jizzaxdagi sel qabristonning yarmini oqizib ketdi, yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi choralar ko‘rilmoqda

Jizzax viloyati Egizbuloq mahallasiga kelgan sel 70 dan ortiq qabrni oqizib ketgan. SES xodimlari aholi orasida turli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun suv va tuproq namunalarini olishdi hamda aholiga dori va antiseptik vositalari tarqatdi.

Dambami yoki kuchli yog‘ingarchilik: Jizzaxning Egizbuloq qishlog‘idagi talofatli selga nima sabab bo‘ldi?
26 aprel 2022, 16:41

Dambami yoki kuchli yog‘ingarchilik: Jizzaxning Egizbuloq qishlog‘idagi talofatli selga nima sabab bo‘ldi?

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Ibragimov Egizbuloqdagi selga avvaliga do‘l, uning ortidan kuchli yomg‘ir yog‘gani sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Mahalliy aholi esa tog‘da «Huaxin» sement zavodi karer uchun yo‘l qurgan va soy yo‘lida damba hosil qilgan degan fikrda. «Gazeta.uz» ushbu masala yuzasidan surishtiruv olib bordi.

«Eshikni ochib qarasam, oldimda 2 metr balandlikda suv turibdi». Forishdagi seldan jabr ko‘rganlar
23 aprel 2022, 12:06

«Eshikni ochib qarasam, oldimda 2 metr balandlikda suv turibdi». Forishdagi seldan jabr ko‘rganlar

Jizzaxdagi seldan talofat ko‘rgan uylardan birining egasi Isroil Aliyev «Gazeta.uz»ga sel qanday kelgani haqida so‘zlab berdi. «Uydan eshikni ochib qarasam, oldimda 2 metr balandlikdagi suv turganini ko‘rdim. Suv pasayguncha shunday jon saqlab turdik», — dedi u. Favqulodda vaziyatlar vaziri xotini va bolasini qutqarib qolgan Isroilni «qahramon» deb atadi. Isroil Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, hokimiyat vakillari uysiz qolgan aholiga 3 xonali uy qurib berishini aytgan.

Foto: Jizzaxda sodir bo‘lgan sel oqibatlari
21 aprel 2022, 22:53

Foto: Jizzaxda sodir bo‘lgan sel oqibatlari

20 aprel kuni Jizzaxda sel va suv toshqinlaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan Egizbuloq mahallasida 5 kishi, shu jumladan ikki nafar yosh bola halok bo‘ldi. Bundan tashqari, 53 ta xonadon to‘liq talofat ko‘rdi. 25 ta uyda yashovchi 100 dan ortiq fuqaro vaqtincha boshqa joyga ko‘chirildi. Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev va Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev voqea joyida bo‘lib turibdi. Tafsilotlar «Gazeta.uz» fotoreportajida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting